Uy-joy uchun subsidiyaga ariza berish 23 sentyabrdan boshlanadi

Uy-joy uchun subsidiyaga ariza berish 23 sentyabrdan boshlanadi

Uy-joy uchun subsidiyalar berishga arizalar 23 sentyabrdan boshlanadi.

Prezidentning 2024 yil 30 apreldagi "2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi farmoniga ko‘ra:

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 09:00 da boshlanadi.

Shuningdek, ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin bo‘ladi.

Arizalar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirish mumkin.

Eslatma: ariza beruvchi va/yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromad miqdori:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming so‘m) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming so‘m);

- Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (9 mln 660 ming so‘mgacha) bo‘lishi zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!