Livanning turli hududlarida peyjerlarning portlashi natijasida 2800 dan ortiq kishi jarohatlandi

Livanning turli hududlarida peyjerlarning portlashi natijasida 2800 dan ortiq kishi jarohatlandi

Livanning turli hududlarida peyjerlarning portlashi natijasida 2800 dan ortiq kishi jarohatlandi va 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan Cog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Firas Abyad ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Hizbulloh”ning Suriyadagi bir necha a’zosi ham peyjerlarning portlashi natijasida yaralangan.

Reuters agentligining Livandagi manbalariga tayanib xabar berishicha, portlagan peyjerlar yangi model bo‘lib, “Hizbulloh” ularni so‘nggi bir necha oy ichida Isroil guruh a’zolarini smartfonlarning geolokasiyasidan foydalanib kuzatib borayotgani sababli sotib olgan.

WSJ qurilmalarda zararli dasturlar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashdan oldin qurilmalar judayam qizib ketgan. Peyjerlardagi litiy batareyalar portlaganligi taxmin qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!