JSST: Dunyoda har 4-6 daqiqada bir kishi ilon chaqishi oqibatida vafot etadi

JSST: Dunyoda har 4-6 daqiqada bir kishi ilon chaqishi oqibatida vafot etadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har 4-6 daqiqada dunyoda bir kishi ilon chaqishi oqibatida vafot etadi.

Tashkilot qayd etishicha, qurbonlarning uchdan biridan ortig‘i 20 yoshgacha bo‘lganlar, asosan fermer xo‘jaliklari ishchilari va bolalar.

Ilon chaqishining aholi salomatligiga eng katta ta’siri past va o‘rta daromadli mamlakatlarda tropik va subtropik muhitda, asosan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida kuzatiladi, dedi JSSTning tartibga solish va dastlabki malaka departamentining texnik xodimi doktor Devid Uilyams Jenevadagi matbuot anjumanida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!