Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismi qariyb 1 oyga avtomobillar harakati uchun cheklanadi

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismi qariyb 1 oyga avtomobillar harakati uchun cheklanadi

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun 18 sentyabrdan 15 oktyabrgacha vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismi qariyb 1 oyga avtomobillar harakati uchun cheklanadi

Foto: “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, bunga Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi sabab bo‘ladi.

Shu bois Bobur ko‘chasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!