Jon Jons faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

Jon Jons faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

Og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, amerikalik aralash yakkakurash ustasi Jon Jons yana bitta jangdan so‘ng karyerasiga yakun yasaydi.

U 17 noyabr kuni UFC 309 turnirining markaziy jangida Stipe Miochichga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

"Bouns"ning o‘zi bu faoliyatidagi so‘nggi jang bo‘lishini e’lon qildi:

"Yil yakuniga yetganidan keyin men boshqa hech qachon ishlashga majbur bo‘lmayman. 37 yoshimda nafaqaga chiqaman. G‘alaba!", deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, 37 yoshli Jon hozirga qadar faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazib, 27 g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!