Mayk Tayson va Jeyk Pol ko‘z urushtirdi

Mayk Tayson va Jeyk Pol ko‘z urushtirdi

Mayk Tayson va Jeyk Pol jangga ikki oy qolganda uchrashishdi.

Amerikalik boks afsonasi Mayk Tayson hamda bloger-bokschi Jeyk Pol jangga ikki oy qolgan bir paytda face to face marosimida yuzma-yuz kelishdi.

Avvalroq, ushbu jangning 15 noyabr kuniga ko‘chirilgani haqida xabar bergan edik. Boks turniri oldindan belgilanganidek, AQShning Texas shtati Arlington shahrida bo‘lib o‘tadi.

Aslida jang 20 iyul kuni o‘tkazilishi kerak edi. Lekin 57 yoshli Taysonning sog‘lig‘idagi muammo sabab jang kechroq muddatga ko‘chirilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!