Yangi ofat! Avstraliya sichqonlar to‘dasi qurshovida qoldi

Yangi ofat! Avstraliya sichqonlar to‘dasi qurshovida qoldi

Suv toshqinlari, yong‘inlar va qurg‘oqchilikdan so‘ng Avstraliyada yangi ofat – sichqonlar to‘dasi paydo bo‘ldi.Yangi ofat! Avstraliya sichqonlar to‘dasi qurshovida qoldi

Fermerlar vahimaga tushgan: ular bu yil katta hosildan umid qilishgan edi, ammo bu umidlar puchga chiqadi. Tabiiy ofatlar va tabiiy dushmanlarning kamayishi kemiruvchilarning cheksiz miqdorda ko‘payishiga imkon yaratdi. Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida sichqonlar soni katastrofa darajasiga etdi.

“Ular hamma yerda, sichqonlar shunchalik ko‘pligidan oyog‘ingizning tagidagi yer qimirlayotganga o‘xshaydi. Ular yo‘lida chiqqan hamma narsani yo‘q qiladi – donlar, somon, hatto texnikani ham ishdan chiqaradi. Biz bunga chora toma olmayapmiz”, – deydi mahalliy fermerlardan biri.

Olimlarning fikricha, ekotizim tiklanishi uchun vaqt kerak. Bitta urg‘ochi sichqon bir mavsumda 500 tagacha tug‘ishi mumkin.

Fermerdar kemiruvchilarga qarshi kurashga katta mablag‘ sarflashmoqda, ammo shunga qaramay buning foydasi bo‘lmayapti. Hukumat fermerlarga 50 mln Avstraliya dollari ajratdi, ammo ekspertlar bu yordamni kechikkan va yetarlicha emas deb baholashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!