Yangi ma’lumot: Chinozdagi «Paxta Neftbazasi»da chiqqan yong‘inni o‘chirishga qariyb 7 soat ketdi

Yangi ma’lumot: Chinozdagi «Paxta Neftbazasi»da chiqqan yong‘inni o‘chirishga qariyb 7 soat ketdi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5000 tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasida yong‘in chiqqani haqida xabar bergandik. FVV matbuot xizmati hodisa bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sig‘imi 5 000 tonnani tashkil etuvchi yoqilg‘i sisternasida soat 11:31 da yong‘in kelib chiqqan. Unda taxminan 120 tonna yengil alangalanuvchi suyuq yoqilg‘i bo‘lgan.

Mazkur holatni bartaraf etish uchun voqea joyiga FVVning 35 ta maxsus texnikasi hamda 130 nafar xodimi jalb etilgan. Yong‘in soat 14:19 da o‘rab olinib, 18:15 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Energetika vazirligi rahbariyati, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Ayni vaqtda voqeaning kelib chiqish sababi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!