Yangi koronavirus oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi

Yangi koronavirus oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi

Xitoyda tarqalgan 2019-nCoV yangi koronavirusi oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, «Kommersant’» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 830 kishiga yetgan.

China News’ning yozishicha, kasallardan biri Rossiya bilan chegaradosh hisoblanuvchi Xeylunszyan provinsiyasida vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarda keltirilishicha, virusni yuqtirib olganlar orasida 15 nafar shifokor ham bor. Ammo ularning soni bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Xubey provinsiyasining o‘nta shahrida transport harakati to‘xtatilgan. Kasallik o‘chog‘i hisoblangan Uxanda karantin joriy etilgan. 23 yanvardan boshlab shaharda avtobuslar, paromlar va metro harakati to‘xtatilgan, shuningdek, aeroport va temir yo‘l stansiyalari ham ishlamayapti. Bundan tashqari Chibi, Echjou, Xuangan, Syantao, Chjiszyan, Syanszyan, Xuanshi, Enchi va Syannin shaharlarida ham transportlar harakati to‘xtagan.

Koronavirus xavfi tufayli Yevropaning bir nechta kompaniyasi oxirgi uch haftada jiddiy moliyaviy zarar ko‘rgan. Xitoyda koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar umrbod sharmanda bo‘lishdan ogohlantirilgan, shuningdek, mamlakatda plastik paket va naychalardan foydalanish taqiqlangan. Avvaliga Xitoyning Uxan shahrida ommaviy turizm taqiqlandi, keyinroq Shimoliy Koreya koronavirus sababli mamlakatga turistlarning kirishiga taqiq qo‘ygan. Virus sabab Forbes’ning eng boy odamlar ro‘yxatida yetakchi almashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!