Yana halokat, yana o‘zbekistonliklar, yana Qozog‘istonda! Qurbon bor

A A A
Yana halokat, yana o‘zbekistonliklar, yana Qozog‘istonda! Qurbon bor

Bugun, 13 avgust kuni Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar departamenti Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, kecha, 12 avgust kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yo‘l-trasport hodisasi ro‘y bergan.
 
Turkiston viloyatining Kazigurt tumanidan o‘tuvchi “Olmata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 786-kilometrida Daimler Chrysler mikroavtobusi va GAZ-53 rusumli yuk avtomobili to‘qnashib ketgan.
 
Natijada, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan bir nafari voqea joyida vafot etgan, 10 nafari turli darajada tan jarohati olib, Sariyog‘och tumani shifoxonasiga yotqizilgan.
 
Vafot etgan fuqaro:
 
1. S.Mirmusayev – 1956 yilda tug‘ilgan
 
Tan jarohati olgan fuqarolar:
 
1. S.Urmanova – 1960 yilda tug‘ilgan
2. S.Zaripova – 1965 yilda tug‘ilgan
3. J.Yuldashev – 1977 yilda tug‘ilgan
4. D.Yuldasheva – 1982 yilda tug‘ilgan
5. S.Kuralbayev – 1984 yilda tug‘ilgan
6. N.Nosirova – 1986 yilda tug‘ilgan
7. M.Jiyenbayeva – 1986 yilda tug‘ilgan
8. I.Fayzullayev – 2003 yilda tug‘ilgan
9. M.Farxatov – 2007 yilda tug‘ilgan
10. A.Farxatov – 2013 yilda tug‘ilgan
 
Qurbon bo‘lgan shaxsning yaqinlari va jabrlanganlarning oila a’zolari boshqa ma’lumotlarni quyidagi raqamlardan olishlari mumkin.
 
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” (+998 71) 147-10-50.
 
O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi +7 727 291-06-44.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!