Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Germaniya vaziri bilan uchrashishdan bosh tortdi

Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Germaniya vaziri bilan uchrashishdan bosh tortdi

Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan Germaniya vise-kansleri, iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek bilan uchrashishdan bosh tortdi.

Bu haqda Germaniya delegasiyasidagi manbalarga tayanib, “Welt” nashri ma’lum qildi, deb yozadi «Report».

«Vise-kansler Robert Xabek Xitoyga tashrifi chog‘ida muhim uchrashuvni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Bosh vazir Li Syan bilan shanba kuni kutilayotgan uchrashuv bo‘lib o‘tmaydi», — deb yozadi nashr.

Juma kuni Xitoyga Pekin, Shanxay va Xanchjoudagi hamkasblari bilan uchrashish uchun kelgan Xabek Li bilan uchrashuv nima uchun bo‘lmasligi haqida hech qanday tasavvurga ega emasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!