11 yoshli qizaloq ona bag‘riga qaytdi

A A A
11 yoshli qizaloq ona bag‘riga qaytdi

Qonunchilikda, ota-onalar farzand tarbiyasida birdek huquq va majburiyatlarga ega, biroq oilalar ajrimida voyaga yetmagan farzandlar kimning tarbiyasida qolishi ajrashayotgan er-xotin tomonidan hal etiladi. Farzandlar taraflar kelishuvi asosida er yoki xotinning tarbiyasida qolishi mumkin, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan ushbu tartib belgilab beriladi.

Furqatlik J.K. va G.K.larning ikki nafar farzandlari bor. Oilaviy nizolar sabab ayol ota uyiga ketgan. 11 yoshli qizaloqni esa otasi o‘zi bilan olib qolgan.

O‘rtadagi kelishmovchiliklar tufayli ota katta qizini ayoliga berishni istamagan.
Bolasini ko‘ra olmagan, uni taftini his qilolmay sog‘inchga to‘lgan ona sudga murojaat etgan.

Ayolning da’vosiga ko‘ra bola onasi G.K.ning qaramog‘iga olib berilishi belgilangan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga voyaga yetmagan qizaloqni onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari yuborilgan bo‘lsa-da, qarzdor va uning oila a’zolari har xil bahonalar bilan farzandni onasiga berishdan bosh tortgan.

Shunda, davlat ijrochisi tomonidan 2024 yil 27 mart kuni qarzdordan 1 nafar farzandni undiruvchi tarbiyasiga olib berish bo‘yicha majburiy ijro harakati o‘tkaziladi.

Biroq, shu kuni qarzdor oila a’zolari bolani yashirib, go‘yoki uning otasi (qarzdor) J. K. Toshkent shahriga olib ketganini aytishadi va shu kuni majburiy ijro harakatlari boshqa kunga qoldirilib, davlat ijrochisi tomonidan bolani qidirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Boshqarma qidiruv shu’basi tomonidan bo‘lim davlat ijrochisiga voyaga yetmagan M. SH. qarzdor J. K. ning Furkat tumani "Boltako‘l" qishlog‘idagi yashash xonadonida ekanligi haqida tezkor ma’lumot beriladi 2024 yilning 28 iyun kuni davlat ijrochisi tomonidan takroran majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, voyaga yetmagan SH. M. onasi K. G. ga olib berildi va ijro hujjati amalda tamomlandi.

Darhaqiqat, farzand ona uchun ko‘zining qarog‘i, yashashdan topgan asl maqsadi. To‘qqiz oy yuragining ostida avaylab asrab, tug‘ilgach o‘z halovatidan kechib, tunlarni bedor o‘tkazadigan, kimdir bolasini bag‘ridan judo etsa, bu ayriliqqa aslo ko‘nikmas zot ham onadir!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!