Garsiya WBC'dan chetlatildi

Garsiya WBC'dan chetlatildi

Amerikalik taniqli bokschi Rayan Garsiya Butunjahon boks kengashidan (WBC) chetlatildi.

Bu haqda tashkilot prezidenti Maurisio Suleyman ma’lum qildi.

Garsiya ijtimoiy tarmoqlarda qora tanlilar va musulmonlarni kamsituvchi irqiy haqoratlarni bir necha bor ishlatdi, deya xabar beradi Assosiated Press nashri.

"WBC prezidenti sifatidagi vakolatimdan foydalanib, men Rayan Garsiyani tashkilotimizning barcha faoliyatidan chetlatyapman. Biz kamsitishning har qanday shaklini rad etamiz. Men Rayanning kelajagidan qo‘rqaman, chunki u ruhiy salomatlik va giyohvandlik uchun yordam olishi maqsadidagi ko‘plab urinishlarni rad etdi", deb yozdi Suleyman ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Eslatib o‘tamiz, Rayan Garsiya oxirgi jangini aprel oyida Devin Xeyniga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Ammo keyinchalik u doping-testdan o‘ta olmagani sababli bir yillik diskvalifikasiyaga uchragan hamda Xeyni bilan jangi natijasi bekor qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!