Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati vafot etdi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati vafot etdi

Bugun, 23 iyul kuni Andijon shahar Kengashi "28-Mehnat" saylov okrugi deputati Abduvaliyev Azizbek baxtsiz xodisa tufayli vafot etdi.

"Andijon shahar deputati Abduvaliyev Azizbek hamda onasi Abduvaliyeva Feruzaxon aya vafot etganligi sababli Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi deputatlari  marhumning oila a’zolari va yaqin qarindoshlariga chuqur ta’ziya bildiradi", – deyiladi bu haqda berilgan ma’lumotda.

"Aniq.uz" tahririyati ham marhumning yaqinlariga va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!