Vinisius Junior Saudiyaga yo‘l olishi mumkin

Vinisius Junior Saudiyaga yo‘l olishi mumkin

“Real” futbolchisi Vinisius Junior ushbu yozda Saudiya Arabistoniga ketishni rejalashtirmayapti.

ESPN nashri xabariga ko‘ra, vinger mavsum yakunlanishini kutadi va undan so‘ng Yaqin Sharqqa ketish yo ketmaslik borasida yakuniy qarorni qabul qiladi. “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyati bu kechiktirishga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

Saudiya Arabistoni 2025 yilda “Real” bilan kelishish imkoni bo‘ladi deb umid qilmoqda. Vinining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda o‘z yakuniga yetadi.

Saudiyaliklar braziliyalik futbolchiga yiliga 350 million yevro va’da qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!