Video! AQSh harbiy texnikasi yo‘q qilindi

Video! AQSh harbiy texnikasi yo‘q qilindi

Internetda isyonchi-xusitlar tomonidan Saudiya Arabistonidagi Najran provinsiyasi qo‘lga olingan harbiy texnika yo‘q qilinishi tasvirga olingan video paydo bo‘ldi.

Isyonchilar Saudiya Arabiston milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan AQShda ishlab chiqarilgan 3 ta LAV harbiy zirhli mashinalarini yo‘q qilishdi.

Yamanda 2014 yildan beri hukumat va Ansar Alla shiyalar harakati isyonchi-xusitlar o‘rtasida harbiy-siyosiy mojaro davom etmoqda.

Hukumat tarafida 2015 yil mart oyidan boshlab Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari harbiy koalisiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

2018 yil dekabrda Yaman mojarosi ishtirokchilari ilk bor Shvesiyada BMT shafeligida muzokara o‘tkazishdi. Unda muhim kelishuvlarga erishildi, xususan asirga tushganlarni almashtirish, Qizil dengizda joylangan Xodeyde port-shahrida jang to‘htatish va uni BMT nazoratiga berishga kelishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!