Vengriya olimlari itlar ba’zi so‘zlarning ma’nosini tushunishini isbotladi

Vengriya olimlari itlar ba’zi so‘zlarning ma’nosini tushunishini isbotladi

Olimlarning fikriga ko‘ra, itlar tug‘ilgandanoq referensial tushunish, ya’ni so‘zlar orqali belgilangan ob’ektlar haqida fikrni shakllantirish qobiliyatiga ega, deb yozadi Euronews.

It egalarining aytishicha, ularning uy hayvonlari inson tilini tushunishadi. Undan to‘p olib kelsin, deb so‘rasang, gazeta yoki boshqa narsa emas, to‘p olib keladi. Endi bu Vengriya olimlari tomonidan tasdiqlangan.

Tajriba davomida itlarning egalari o‘yinchoqlarning nomini aytishgan, keyin ularni ko‘rsatib, uy hayvoniga berishgan, ba’zan ataylab xato qilishgan. Masalan, ular to‘pni suyak deb atashgan.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, itlarning miyasi o‘yinchoqlarning to‘g‘ri va noto‘g‘ri nomlariga boshqacha munosabatda bo‘ladi. Tadqiqotda invaziv bo‘lmagan elektrodlar ishlatilgan.

“Biz ishonardikki, agar it haqiqatan ham ob’ektni ifodalovchi so‘zning ma’nosini tushunsa, u xuddi shu ob’ektni ko‘radi. Agar egasi boshqa ob’ektni ko‘rsatsa, unda itning miyasi hayratlanarli reaksiyani boshlaydi. Xuddi shunday bo‘lib chiqdi”, - dedi Etvosh Lorand universiteti tadqiqotchisi Marianna Borosh.

Olimlarning ta’kidlashicha, itlar ham xuddi odamlar kabi ob’ekt nomini eshitib, uning “psixik qiyofasi”ni tasavvur qilishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!