Venesuela prezidenti Yevropa Ittifoqi elchisini mamlakatdan chiqarib yuborishni buyurdi

Venesuela prezidenti Yevropa Ittifoqi elchisini mamlakatdan chiqarib yuborishni buyurdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatdan Yevropa Ittifoqi elchisini chiqarib yuborishni buyurdi. Davlatni tark etish uchun Maduro elchiga 72 soat vaqt berdi. “Biz Yevropa Ittifoqidan hurmat talab qilamiz. Venesuelada ta’qiblar juda ko‘p, bas, men ularning irqchiliklaridan charchadim. Biz elchini bu yerni imkon qadar tezroq tark etishi uchun kerak bo‘lsa samolyot bilan ta’minlaymiz”, — dedi Venesuela prezidenti.

Nikolas Maduro dushanba kuni Yevropa Kengashining qaroriga mana shunday javob qaytardi. Bryussel Venesuelaning mansabdor shaxslariga qaratilgan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bayonotda aytilishicha, bunday qaror Venesuelada demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazadigan odamlarga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!