Vaziyat qaltis. Masala BMTgacha yetib bordi

Vaziyat qaltis. Masala BMTgacha yetib bordi

BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish Saudiya boshqaruv tuzumiga qarshi jurnalist Jamol Xoshxojiyning Turkiyada yo‘qolishi yuzasidan haqiqatni bilmoqchi.

Bosh kotib Antoniu Gutterish bunday holatlar tez-tez takrorlanishidan hamda ularning oddiy holatga aylanib qolayotganidan tashvishda, deya xabar bermoqda BBC.

“Biz nima bo‘lganini va bunga kim javobgar ekanini aniqlashimiz shart. So‘nggi vaqtlarda bunga o‘xshash voqealar ko‘payotganini ko‘rib turibmiz. O‘ylashimcha, bunday holatlarni oldini olish yo‘llarini topishimiz darkor”, deya qat’iy talabini bayon etdi Bosh kotib.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 23 oktyabrida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida “Istiqbolli investisiyalar tashabbuslari” nomli konferensiya bo‘lib o‘tadi. Shu sababdan rasmiy Ar-Riyod bu masalaga tez orada oydinlik kiritishi lozim bo‘ladi.

Avvalroq, jurnalistning Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligiga kirgach, g‘oyib bo‘lgani, Turkiya bu ishda Saudiyani ayblayotgani, AQSh prezidenti Donald Tramp esa arab davlati bilan munosabatlarining sovuqlashishini xohlamayotgani haqida xabar bergan edik.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!