Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar qo‘lga olindi

Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar qo‘lga olindi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bektemir tumani hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.SH. jami 10 000 AQSh dollarini fuqaro M.A.ga 114 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan E.YU. fuqaro T.B.ga jami 4 100 AQSh dollarini 46,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!