O‘zbekistonlik fuqaro Turkiyada motosikl qurboni bo‘ldi

O‘zbekistonlik fuqaro Turkiyada motosikl qurboni bo‘ldi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 18 iyul kuni Antaliyada O‘zbekiston fuqarosi Z.X. yo‘lni kesib o‘tayotganda motosikl tomonidan urib yuborildi va voqea joyida vafot etdi.

Elchixona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingan va marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hamyurtimizning jasadi Antaliyadan Istanbulga olib kelingan va bugun «Istanbul - Toshkent» yo‘nalishi orqali vatanga yuboriladi.

Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan hamda Turkiya, Iroq va Janubiy Afrika Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda Anqara shahridagi mamlakat elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!