O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar 10 450 so‘mgacha sotilmoqda

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar 10 450 so‘mgacha sotilmoqda

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 24 noyabrdan boshlab dollar kursi ko‘tarildi, deb yozadi Spot.

Banklar asosan AQSh dollarini 10 400 so‘mdan xarid qilmoqda, sotish — 10 450 so‘mdan. Masalan, o‘tgan hafta 10 360 so‘mdan xarid qilingan va 10 430 so‘mdan sotilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 23 noyabr kuni Markaziy bank xorijiy valyutalar kursini yangiladi. AQSh dollari ketma-ket to‘rt haftadan buyon o‘sishni davom etmoqda.

23 noyabr yakunlariga ko‘ra, valyuta birjasida bir AQSh dollar 10 420 so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida O‘zbekiston milliy valyutasining AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi 8,6 foizga qadrsizlangan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!