O‘zbekistonda yangi uyushma tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi uyushma tashkil etildi

Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagiPrezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi.

O‘zyog‘moysanoat uyushmasining asosiy vazifasi yog‘-moy xom ashyolarini qayta ishlash va yog‘-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.

2022 yil 1 yanvargacha uyushma mol-mulk solig‘i va foyda solig‘idan ozod etildi.

O‘zyog‘moysanoat uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar 2021 yil 1 yanvargacha:

  • o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish maqsadida import qilinadigan soya dukkagi, kungaboqar va boshqa moyli o‘simliklar urug‘lari bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan;
  • qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Yog‘-moy sanoati korxonalariga 2022 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan kaustik soda, aktivlashtirilgan tabiiy mineral mahsulotlar va katalizatorlar importida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 90 kunga kechiktirish imkoniyati berildi.

Qaror bilan Hukumatga quyidagi vazifalar yuklandi:

  • Yog‘-moy sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan Yo‘l xaritasi ni tasdiqlash;
  • 2019-2020 yillarda 150 million AQSh dollari miqdoridagi 37 ta investisiya loyihalarini amalga oshirish;
  • mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 90 foizgacha yetkazish;
  • 2021 yilgacha yog‘-moy xom ashyolari jamg‘arish miqdorini 100 ming tonnagachaetkazish;
  • 2021 yilgacha o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmlarini 400 ming tonnagachaetkazish.

Shuningdek, yog‘-moy sanoati tarmog‘i kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy markaz tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!