O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 192 kishida koronavirus tasdiqlandi, bir kishi COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 192 kishida koronavirus tasdiqlandi, bir kishi COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 84 127 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6 aprel kuni mamlakatning 10 ta hududida jami 192 ta kasallanish holati aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 22 nafari Toshkent viloyatida,
  • 140 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

SSVning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan bir sutka davomida Qoraqalpog‘istonda 10 kishi, Qashqadaryoda bir kishi, Farg‘onada 4 kishi, Toshkent viloyatida 21 kishi, Toshkent shahrida esa 138 kishi, respublika bo‘yicha jami 174 kishi COVID-19’dan tuzalgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 633 nafarga yetgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1439 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 14 mingdan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi emlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!