O‘zbekistonda tug‘ilgan mashhur jarroh Timur Haydarov klinikasida tintuv o‘tkazildi, jinoyat ishi ochildi

O‘zbekistonda tug‘ilgan mashhur jarroh Timur Haydarov klinikasida tintuv o‘tkazildi, jinoyat ishi ochildi

O‘zbekistonda tug‘ilgan, hozir Rossiyada istiqomat qiluvchi mashhur jarroh Timur Haydarov klinikasida tintuv o‘tkazildi, jinoyat ishi ochildi.

Qayd qilinishicha, bunga tadbirkor Pyotr Gavrilovning IQ Plastique klinikasida oshqozon rezeksiyasidan so‘ng vafot etgani sabab bo‘lgan.

Timur Haydarov dastlab Pyotr Gavrilovning o‘z klinikasida vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, IQ Plastique oshqozonni rezeksiya qilish operasiyalarini bajarmaydi.

Biroq, keyinchalik Haydarov Gavrilovning operasiyasini IQ Plastique klinikasi shifokori Ilya Yelagin amalga oshirganini tasdiqladi.

Jurnalistlarning yozishicha, hozir bemorlarning ko‘plab boshqa shikoyatlari tekshirilmoqda va sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!