O‘zbekistonda ilk marta Nomad-Rally 2019 o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ilk marta Nomad-Rally 2019 o‘tkaziladi

21-24 mart kunlari poytaxt Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ilk marta qozog‘istonlik sayyohlar ishtirokidagi Nomad-Rally 2019 (Ko‘chmanchilar poygasi) bo‘lib o‘tadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, avtoralli Qo‘mita tomonidan O‘zbekistonda jahon brendlari shinalarini sotish bo‘yicha dilerlik kompaniyasi hisoblangan Gold Grand Group MCHJ bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Nomad-Rally 2019 doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab avtomobil sayohatlari uyushtiriladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston turistik salohiyati haqida hujjatli film tasvirga olish rejalashtirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Nomad-Rally 2019 tadbirini o‘tkazish tashabbusi Qozog‘iston tomonga tegishli.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!