O‘zbekistonda hafta davomida qanday havo hukmron bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda hafta davomida qanday havo hukmron bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Hafta davomida O‘zbekiston hududida quruq havo hukmron bo‘lishi, ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Telegram-kanalida O‘zgidromet ma’lumotlarini e’lon qildi.

Harorat kechasi 0…+5 daraja, kunduzi — +5…+10 dan +10…+15 gacha atrofida bo‘ladi. Shimoliy hududlarda tungi harorat −7…−5 darajagacha tushadi.

O‘tgan hafta so‘ngida kuzatilgan yog‘ingarchiliklarni Turkmanistondan kirib kelgan janubiy siklon keltirib chiqargan edi. Ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va  Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kuzatilmadi. Ushbu kunlarda harorat kechasi +3…+8, kunduzi — +10…+15, yomg‘irlar vaqtida esa +5…+10 daraja atrofida bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!