O‘zbekistonda 19-20 asrga tegishli noyob zargarlik buyumlari topildi

O‘zbekistonda 19-20 asrga tegishli noyob zargarlik buyumlari topildi

Yaqinda NKMK Shimoliy kon boshqarmasida o‘tkazilgan tovar moddiy boyliklarni hisobga olish tekshirishlari jarayonida 19-20 asrga tegishli zargarlik buyumlari topildi, deb xabar bermoqda navoitoday.

Shundan so‘ng noyob ashyolar Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza bo‘limiga yuborilib, mutaxassislar xulosasi olindi. Unga ko‘ra zargarlik buyumlari badiiy va etnografik ahamiyatga ega. Ularning eng qadimgisi mang‘itlar tangasi bo‘lib, u 1885-1910 yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan Abdulahadxon davrida zarb qilingan va tanganing yoshi qariyb 130 yilni tashkil etadi.

Nodir topilmalar bugungi kunda Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida ­­- NKMK tarixi muzeyida saqlanmoqda.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!