O‘zbekiston yuk mashinalarining toshbo‘ron qilinishi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

O‘zbekiston yuk mashinalarining toshbo‘ron qilinishi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

O‘zbekistonlik yuk haydovchilari avtomobillarining 7 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Atirau shahri hududida noma’lum shaxslar tomonidan tosh otib, shikast yetkazilganligi holati bo‘yicha Transport vazirligi bayonot berdi.

Xabarda aytilishicha, vazirlik vaziyatni nazoratga olish va ro‘y bergan holatga oydinlik kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi bosh konsuli bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. 

Ayni damda ushbu holat O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsulligi nazoratiga olindi. Ro‘y bergan hodisa yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ish olib bormoqda.

“7 sentyabr kuni ro‘y bergan hodisaga batafsil oydinlik kiritish maqsadida jabrlangan haydovchilarni O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi bosh konsulining + 7777 599 00 50 telefon raqamiga murojat qilib ariza qoldirishlarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!