O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga nechchi marta o‘zgartirish kiritilgan?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga nechchi marta o‘zgartirish kiritilgan?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga hozirgi kunga qadar 11 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan:

? 1993 yil 28 dekabr qabul qilingan qonunga ko‘ra quyidagi o‘zgartirish qiritildi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 77-modda 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirildi;

? 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi  XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan;

? O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 89-modaasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;

? O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan;

? O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

? O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;

? O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

? O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

? O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 80, 93, 108, va 109-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

?  O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

?  O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktyabrda qabul qilingan Qonuni bilan 105-moddasining birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan so‘zlar “raisni (oqsoqolni)” degan so‘zlar bilan almashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!