O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi

O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarini xatlovdan o‘tkazishga kelishib olishdi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi, dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev.

Tashiyevning aytishicha, ikki mamlakat delegasiyalari Toshkentda bu to‘g‘risida kelishuvga erishgan. 

«Biz juda murakkab masalalarni ko‘rib chiqdik. Endi hech qanday bahsli hududlar yo‘q, masala 100 foizga hal qilindi», - dedi Tashiyev.

Kelishuv  shartlariga ko‘ra, Kampirobod suv omborining to‘g‘oni O‘zbekiston ixtiyoriga o‘tadi. Suv omborining resurslaridan esa birgalikda foydalaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!