O‘zbekiston Ispaniyadan oldinga o‘tib ketdi va dunyodagi yetakchilardan biriga aylandi

O‘zbekiston Ispaniyadan oldinga o‘tib ketdi va dunyodagi yetakchilardan biriga aylandi

2013—2017 yillar davomida gilos maydonlari faol kengaytirilgani sabab O‘zbekiston mazkur meva eksportini oshirishga va jahon bo‘yicha to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib, Ispaniyadan oldinga o‘tib ketishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi Spot.

EastFruit tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2017 yilda 32 ming tonnaga yaqin gilos eksport qilgan. Bu Ispaniyaga nisbatan 5 ming tonna ko‘proq demakdir. 2018 yilda esa eksport hajmi 36—38 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

Bundan besh yillar oldin O‘zbekistonning gilos eksporti yiliga 5 ming tonnadan oshmas edi, biroq 2016—2017 yillarda eksport hajmida keskin o‘sish kuzatildi.

O‘zbekiston hamon mahsulotlarining 99,5 foizini Rossiya va Qozog‘istonga sotmoqda, bu esa mazkur biznes yo‘nalishining rivojlanishida katta muammo hisoblanadi. Chunki O‘zbekiston mahsulotlarining ta’mi shirin bo‘lsa-da boshqa davlatlarda unga talab mavjud emas. Shu sababli eksportni diversifikasiya qilish borasidagi urinishlar hech qanday foydasiz ketmoqda.

«Eng muhim mummo mahsulot marketingining samarsizligi. Xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z mahsulotlarini namoyish etuvchi O‘zbekiston kompaniyalari odatda xaridorlarning telefon yoki elektron pochta orqali so‘rovlariga javob qaytarmaydi, saytlari esa muntazam ishlamaydi. Tabiiyki bu O‘zbekistonlik yetkazib beruvchilarning imijiga ta’sir ko‘rsatadi», — deyiladi xabarda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!