O‘zbekiston aholisi qanchaga ko‘paygani ma’lum qilindi

O‘zbekiston aholisi qanchaga ko‘paygani ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 aprel holatiga 33 mln 375,8 ming kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4 %ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining birinchi chorak yakunlari bo‘yicha Xalq so‘zi ga taqdim etgan hisobotida qayd qilingan.

Jumladan, shahar aholisi soni 16 865,1 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16 510,7 ming kishini (49,5 %) tashkil etdi.

Doimiy aholi sonining asosiy yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi (2019 yil 1 aprel holatiga; jamiga nisbatan % da) Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 aprel holatiga Respublika doimiy aholi sonining 30,4 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,5 %i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,1 %i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tug‘ilish. 2019 yilning yanvar-mart oylarida 159,5 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (bu yerda va bundan keyin tug‘ilganlarga faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 19,4 promilleni tashkil etdi hamda 2018 yilning mos davriga nisbatan 1,2 promillega oshganligi (2018 yilning yanvar-mart oylarida 18,2 promille bo‘lgan) kuzatildi.

2019 yil yanvar-mart oylarida

  • Doimiy aholi soni 120,3 ming kishiga ko‘paydi.
  • Tirik tug‘ilganlar soni 159,5 ming nafarni tashkil etdi.
  • 37,1 mingta vafot etganlar qayd etildi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!