Uzbekistan Airways 9ta davlatga reyslarni yopadi

Uzbekistan Airways 9ta davlatga reyslarni yopadi

Aviakompaniya faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar orqali jami xarajatlarni 46,5 million dollarga qisqartirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda "Kun.uz" nashri yozmoqda.

«O‘zbekiston 24» telekanali reportajida aytilishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2021 yilning mayidan Parij, Rim, Milan, Amritsar, Mumbay, Bangkok, Tokio, Kuala-Lumpur va Jakartaga amalga oshiriladigan reyslarini «norentabelligi» sababli yopadi. 

Davlat rahbariga qilingan taqdimotda ko‘rsatilishicha, bu reyslarni to‘xtatish orqali aviakompaniya har yili 12,3 million dollarni tejab qoladi.

Uzbekistan Airways 9ta davlatga reyslarni yopadi

Bundan tashqari, kompaniya va uning tarkibiy tashkilotlari shtatini 20 foizga qisqartirish (bu xarajatlarni 3,9 mln dollarga kamaytiradi), chet eldagi 20ta samarasiz ofisni yopish (3,5 mln), BAA va Xitoydagi ikki mintaqaviy va asosiy vakillarining lavozimlarini bekor qilish (400 ming dollar), foydalanilmayotgan 12ta samolyotni ekspluatasiyadan chiqarish (380 ming dollar), Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Pokiston, Isroil va AQShdagi chiptalarni sotish bo‘yicha 6 yirik agent bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish (5 mln dollar), xorijiy agentlarning aviachiptalarni sotish bo‘yicha komissiyalarini 9 foizdan 5 foizgacha kamaytirish (2,9 mln dollar), tender asosida yoqilg‘i-moylash materiallarini sotib olish orqali xarajatlarni kamaytirish (18,1 mln dollar) kabi choralar orqali xarajatlarni qisqartirish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!