O‘zbek-tojik chegarasida otishma sodir bo‘ldi

O‘zbek-tojik chegarasida otishma sodir bo‘ldi

 Qurollangan noma’lum guruh kechasi o‘zbek-tojik chegarasidagi zastavaga hujum qilishgan.

20 ta niqobli shaxs Dushanbedan 60 km. g‘arbda joylashgan "Sultonobod" otryadining 4-"Ishqobod" zastavasiga hujum uyushtirgan. Ular 5 ta avtomatni olib qo‘yishgan.

Tezkor tadbir natijasida ularning 15 tasi yo‘q qilingan, 5 tasi ushlangan. Otishmada tojik tomonidan chegara askari va milisiya xodimi halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!