«O‘zavtosanoat» AJ 32ta avtosalondagi o‘z ulushlarini sotuvga qo‘ydi (ro‘yxat)

«O‘zavtosanoat» AJ 32ta avtosalondagi o‘z ulushlarini sotuvga qo‘ydi (ro‘yxat)

O‘zavtosanoat AJ 32ta avtosalondagi 10dan 97,28 foizgacha bo‘lgan ustav fondlaridagi o‘z ulushlarini sotuvga qo‘ydi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu qaror xususiy dilerlik korxonalari sonini ko‘paytirish maqsadida qabul qilingan.

Savdolarga avtomobillar sotuvining shaffof tizimlari rivojiga va ularga sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatishga investisiya kiritish istagida bo‘lgan xususiy investorlar (yuridik va jismoniy shaxslar) taklif etiladi.

Auksion savdolari tashkilotchisi Respublika mulk markazi AJ. Savdolar 2019 yil 21 yanvarda o‘tkaziladi

Savdolarda qatnashish uchun dilerlik korxonasi ustav kapitalidagi ulush boshlang‘ich qiymatining 15 foizini o‘tkazish talab etiladi.

Tashkilotchilari bilan bog‘lanish: Toshkent sh., Olmazor tumani, Qoraqamish-1 ko‘ch., 1a- uy, tel.: (71) 228-79-52, (90) 977-82-55)

Quyida ulushlari sotuvga qo‘yilgan dilerlik korxonalari nomlari va ularning boshlang‘ich narxlari bilan tanishishingiz mumkin:


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!