Uy hayvonlarini bolalardan ustun qo‘ygan model tanqidlar ostida qoldi

Uy hayvonlarini bolalardan ustun qo‘ygan model tanqidlar ostida qoldi

Indoneziyalik model Anjela Panari Instagramga yangi post joylaganidan keyin tanqidlar ostida qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, boshqa davlatga uchayotgan model samolyotda bir bolakay bilan birga o‘tirgan. U esa parvoz davomida tinmay yig‘lagan. Model bu hodisa haqida Instagramida e’lon qilib, bo‘lib o‘tgan holatdan shikoyat qilgan va "Men samolyotda bolalarni emas, hayvonlarni tashishga ruxsat berishganda ko‘proq xursand bo‘lardim”  deya izoh yozib qoldirgan.

Biroz vaqt o‘tgach esa qiz fotosuratni o‘chirib yuborgan, lekin shu oz fursat ichida uni tanqid qiluvchilar soni anchani tashkil etib ulgurgan.

Foydalanuvchilar modelga bunday qilish yaxshi ish emasligi, u ham bir kun ona bo‘lishini ta’kidlashgan.

Shundan so‘ng qiz so‘zlari uchun barchadan kechirim so‘ragan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!