Uxandan keltirilganlarni joylashtirishga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Uxandan keltirilganlarni joylashtirishga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Ukrainaning Poltava viloyatida aholi Uxandan keltirilganlarni joylashtirishga qarshi norozilik bildirdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri 14 kunlik karantin muddatini evakuasiya qilinganlar bilan birgalikda o‘tkazishga qaror qildi.

Uxandan (Xitoy) evakuasiya qilingan Ukraina fuqarolari bo‘lgan maxsus samolyot reysi 20 fevral kuni Xarkov aeroportiga qo‘ndi. Davlat chegara xizmati xodimlari 94 kishini: 72 yo‘lovchi, 22 ekipaj a’zolari va tibbiyot xodimlarini rasmiylashtirdi, deya xabar berdi UNIAN agentligi.

Ular aeroportdan Poltava viloyatidagi Noviy Sanjar tibbiy markaziga olib borildi. Biroq Noviy Sanjar aholisi evakuasiya qilinganlarning kelishiga qarshi norozilik bildirishni boshladi. Ular avtobuslar karvoniga tosh otishdi, mashinalar bilan yo‘lni to‘sishdi, shinalarni yoqishdi. Avtobuslardan birining oynasi singan. Yo‘lovchilar esa derazadan javoban yurak tasvirlarini ko‘rsatdilar.

Evakuasiya qilinganlar 14 kun davomida Milliy gvardiyaning «Noviy Sanjar» tibbiy markazida qat’iy sanitariya-epidemiologiya nazorati va xavfsizlik rejimig ostida qoladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!