O‘qituvchi va tibbiyot xodimlariga 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksina yetkazib beriladi

O‘qituvchi va tibbiyot xodimlariga 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksina yetkazib beriladi

O‘qituvchi va tibbiyot xodimlari uchun 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksina yetkazib beriladi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 26 avgustdagi “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari markazlashgan tartibda grippga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan edi. Ularni emlash bo‘yicha ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ayni kunlarda ishlar davom etmoqda.

“Dori-darmon” AJ Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani harid qilish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Hozirda “Sovigripp” vaksinasining 250 ming dozasi hududlarga yetkazib berildi.

Bundan tashqari 15 oktyabrga qadar 40 ming doza, 30 oktyabrga qadar 250 ming doza, noyabr oyida esa 500 ming doza “Flyu-M” vaksinasini yetkazib berish mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!