Ummon guruhi qayta tiklandimi?

Ummon guruhi qayta tiklandimi?

Bir necha kun oldin Ummon guruhining solisti Shoxrux ijtimoiy tarmoqlar orqali Ummon guruhiga oid videolavha joylashtirib, yozgan izohi bilan ko‘pchilikni diqqatini tortgan edi.

Uning " Biz tomchidan Ummonga aylandik va shu Ummonni asrab qolamiz! Tez kunda" deb yozgan izohdagi so‘nggi so‘zlari guruhning tiklanganligi haqida gap so‘zlarni ko‘paytirdi. Biz bu xabar qanchalik to‘g‘ri ekanini bilish uchun Shoxrux bilan bog‘landik. "Shu savol bilan juda ko‘pchilik murojaat qilmoqda. Lekin hali Ummon guruhi tiklanmadi.

Bu borada yangilik bo‘lsa, albatta, Popcorn Uz orqali birinchilardan bo‘lib muxlislarimizni xabardor etamiz" deya ko‘pchilikni qiynagan savolga javob berdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!