O‘lgan ayolni tirik qilib ko‘rsatib, boshqa davlatga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan ota-bola qo‘lga olindi

O‘lgan ayolni tirik qilib ko‘rsatib, boshqa davlatga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan ota-bola qo‘lga olindi

Xarkov viloyati Goptovka nazorat punktida Rossiya va Ukraina fuqarolari qo‘lga olindi. Ular o‘lgan qarindoshining murdasini yo‘lovchi qilib ko‘rsatib olib chiqib ketishga urinishgan. Bu haqda Ukraina Davlat chegara xizmati Sharqiy hududiy boshqarmasi ma’lum qildi.

Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan “Ford” avtomobili o‘sha yerdan kelgan. Rulda Rossiya Federasiyasi fuqarosi va uning o‘g‘li, orqa o‘rindiqda esa Ukraina fuqarosi yo‘lovchi sifatida o‘tirgan bo‘lgan.

Tekshiruvda chegara nazoratchilari orqa o‘rindiqda o‘lik ayolning jasadini topishgan. Jasadga tirik odam kabi xavfsizlik kamari taqib qo‘yilgan bo‘lgan. Aniqlanishicha, murda rulda o‘tirgan erkakning rafiqasi bo‘lib, jasad topilgach, jinoyatchi ayolining o‘limi haqidagi guvohnomani ko‘rsatgan.

Erkak surishtiruv davomida xotinini Zaporojsk viloyatida dafn etish uchun uni shu holatda mamlakat hududidan olib chiqmoqchi bo‘lganini aytgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, polisiya xodimlari Jinoyat kodeksining 115-moddasi ("qasddan o‘ldirish") bilan jinoyat ishi ochish yoki ochmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilmoqdalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!