Ukrainadagi referendumning so‘nggi kunida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Ukrainadagi referendumning so‘nggi kunida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bugun, 27 sentyabr kuni DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum uchun saylov uchastkalari soat 08:00 dan 16:00gacha ishlaydi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.

Bugun - referendumning oxirgi kuni. Ovoz berish aholi xavfsizlik nuqtai nazaridan saylov uchastkalaridan tashqarida ovoz bergan avvalgi to‘rt kundan farqli o‘laroq, saylov uchastkalarida bo‘lib o‘tadi.

Markaziy saylov komissiyalarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kun davomida DXRda – 86,89 foiz, LXRda – 83,61 foiz, Zaporojye viloyatida – 66,43 foiz, Xerson viloyatida – 63,58 foiz aholisaylovda ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 sentyabr kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum boshlandi. Ovoz berish besh kun, 27 sentyabrgacha davom etadi.

19 sentyabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikka Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, 20 sentyabr kuni Xerson va Zaporojye viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya referendum qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Respublikalar va viloyatlar vakillarining fikricha, Rossiyaga qo‘shilish ularning hududlari xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!