Ukraina XOQdan 15 nafar rossiyalik dzyudochini Yevropa chempionatidan chetlatishni talab qildi

Ukraina XOQdan 15 nafar rossiyalik dzyudochini Yevropa chempionatidan chetlatishni talab qildi

Ukraina Milliy olimpiya qo‘mitasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Xalqaro dzyudo federasiyasidan (IJF) bir qator rossiyalik sportchilarni Xorvatiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ishtirok etishdan chetlatishni talab qildi.

Ukraina tarafi talabnomasida Madina Taymazova, Inal Tasoyev, Yago Abuladze, Arman Adamyan, Danil Lavrentiyev, Maxmadbek Maxmadbekov, Mixail Igolnikov, Matvey Kanikovskiy, Tamerlan Bashayev, Glafira Borisova, Kseniya Galiskaya, Dali Liluashvili va Elila Bashayev kabi dzyudochilar nomlari keltirilgan.

Ukraina tomoni ro‘yxatga kiritilgan dzyudochilarni Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblamoqda.

Qayd etilishicha, Ukraina MOQ prezidenti vazifasini bajaruvchi Vadim Gutsayt va Ukraina yoshlar va sport vaziri Matvey Bedniy, shuningdek, Ukraina dzyudo federasiyasi prezidenti Mixail Koshlyak ushbu masala yuzasidan XOQ prezidenti Tomas Bax va IJF rahbari Marius Vizerga murojaat qilgan.

Ma’lumot uchun, 25-28 aprel kunlari Xorvatiya poytaxti Zagrebda dzyudo bo‘yicha Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi.

IJF Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan Rossiya va Belarus dzyudochilari yakka tartibdagi neytral sportchilar sifatida musobaqalarda ishtirok etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!