U23 Osiyo Kubogi. O‘zbekistonlik hakamlar 1-tur o‘yinlariga tayinlov oldi

U23 Osiyo Kubogi. O‘zbekistonlik hakamlar 1-tur o‘yinlariga tayinlov oldi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15 aprelidan 3 mayiga qadar Qatar yashil maydonlarida U-23 Osiyo kubogi musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan va unda ishlash uchun 4 nafar vakilimiz ham chaqirilgan edi.

Ushbu musobaqaning "B" guruhi ilk turidagi Janubiy Koreya – BAA terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni vakilimiz Rustam Lutfullin boshqaradigan bo‘ldi. Qanotlarda unga Sanjar Shoyusupov hamda Alisher Usmonov yordam berishsa, yana bir hakamimiz Firdavs Norsafarov VAR hakami vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 16 aprel kuni soat 20:30 da start oladi.

"Hakamlarimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!" - deyiladi O‘zbekiston futbol hakamlari markazining rasmiy bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!