Turkmaniston prezidenti o‘z ta’tilini qanday o‘tkazmoqda?

Turkmaniston prezidenti o‘z ta’tilini qanday o‘tkazmoqda?

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilining birinchi kunida «Turkmaniston shifobaxsh o‘simliklari» kitobining navbatdagi jildini yozib tugatdi, bu haqda Turmaniston hukumat gazetasi bergan ma’lumotiga tayanib Sputnik xabar qiladi.

Xabarda aytilishicha, davlat yetakchisi kitobga oxirgi o‘zgartirishlarni kiritib, qo‘lyozmaga so‘nggi nuqtani qo‘ydi va uni chop etishga berdi.

Keyinchalik Berdimuhamedov ochiq havoda nabiralari bilan sayr qildi.

«Davlat rahbari nabiralariga Turkmaniston tabiati boyligi, go‘zalligi va o‘ziga xos tomonlari, hayvonot olamining xilma-xilligi haqida so‘zlab berdi», — deyilgan xabarda.

Turmaniston prezidenti mamlakat tarixi, otlar, gilamlar, musiqa, oshpazlik, choy mavzularida kitob chop etgan. Ko‘plab kitoblari xorijiy tillarga tarjima qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!