Trillionlar! Koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotiga qanchalik qimmatga tushyapti?

Trillionlar! Koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotiga qanchalik qimmatga tushyapti?

2021 yil oxirigacha koronavirus pandemiyasidan jahon iqtisodiyotiga yetadigan zarar miqdori yetti trillion dollarni tashkil qiladi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh iqtisodchisi Lorans Bun "Les Echos" nashriga bergan intervyusida ana shunday fikrni bildirdi, demoqda "azon.uz".

“Dunyo iqtisodiyoti tezgina tiklanadiganga o‘xshamayapti. Virus bilan yana ko‘plab oylar birga yashashimizga to‘g‘ri keladi. Bu esa avvalgi iqtisodiy faoliyat tez qaytib kelishi imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi demakdir”, – deya izohladi mutaxassis.   

Lorans Bunning aytishicha, agar ayrim davlatlar byudjetni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgudek bo‘lsa, vaziyat yanada og‘irlashadi. 

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti joriy yilda dunyo bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmi 4,5 foizga qisqarishini taxmin qilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!