Trampning o‘rniga 10 nomzod

Trampning o‘rniga 10 nomzod

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Demokratik partiyasi 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida o‘z partiyalaridan kimni nomzod sifatida ko‘rsatishni hali bilishmaydi. Shu boisdan ham ular ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolardan navbatdagi saylovda Demokratik partiyadan kimni nomzod sifatida ko‘rishni istaysiz deya so‘rovnoma joyladi.

Reddit” forumida foydalanuvchilardan Oq Uyning yangi rahbarligi uchun o‘n nafar potensial nomzoddan birini tanlash talab qilindi. Ro‘yxatga quyidagi demokratlar kiritildi: Maykl Avenatti, Jo Bayden, Kori Buker, Kirsten Jillibrand, Kamala Xarris, Erik Xolder, Jeff Merkli, Berni Sanders, Elizabet Uorren hamda Endryu Yang.

Taxminan 4000 kishi uch kun davomida ovoz berdi. Natijalarga ko‘ra, 44 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni Vermont shtatidan senator Berni Sanders egalladi. Ikkinchi o‘rinda esa 19 foiz ovoz bilan sobiq vise-prezident Jo Bayden turibdi. Kuchli uchlikni 11 foiz ovoz bilan Massachusets senatori Elizabet Uorren yakunlagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!