Tramp Oq uy muxbirlari bilan an’anaviy uchrashuvga uchinchi marta kelmadi

Tramp Oq uy muxbirlari bilan an’anaviy uchrashuvga uchinchi marta kelmadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 27 aprelda Oq uy muxbirlari uyushmasining har yillik kechki taom tanovuliga kelmadi.

Tramp bu tadbirni uchinchi marta boykot qilmoqda. Qabulda ishtirok etishdan Tramp ma’muriyatining bir qator vakillari ham bosh tortishgan.

Tramp jurnalistlar bilan suhbatlashish o‘rniga Viskonsin shtatidagi siyosiy namoyishda ishtirok etishni ma’qul ko‘rgan. U o‘z tarafdorlari oldidagi nutqida OAVni xalq dushmanlari deb atagan.

Ular yolg‘onchilar. Bilasizmi, eng yomoni nima? Ular tomonidan tuziladigan reytinglar, chunki odamlar ularga ishonmaydilar , deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

Oq uy muxbirlari uyushmasining ushbu tadbirida ishtirok etish AQSh prezidentlari uchun majburiy hisoblanmaydi, biroq bu an’anaga 1921 yildan beri amal qilib kelinadi.

Trampgacha bu tadbirga bormagan oxirgi prezident Ronald Reygan bo‘lgan. Biroq unda bunga uzrli sabab bo‘lgan. 1981 yilda, tadbirdan biroz oldinroq Reyganga suiqasd qilingan va u o‘qotar jarohatdan tiklanayotgan bo‘lgan.

Manba: oxo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!