Tramp 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yishga tayyorligini ta’kidladi

Tramp 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yishga tayyorligini ta’kidladi

AQShning sobiq yetakchisi Donald Tramp 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yishga tayyorligini ta’kidladi.

Bu haqda u Texasdagi tarafdorlari oldidagi mitingda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

U yana AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden g‘alaba qozongan 2020 yilgi prezidentlik saylovlarini soxta deb atadi.

Tramp, shuningdek, 2016 yilgi saylovlarda ham ishtirok etganini esladi.

“Mamlakatimiz yana muvaffaqiyatli, xavfsiz va buyuk bo‘lishi uchun men, aftidan, buni yana qilishim kerak”, — deya sobiq prezidentning so‘zlarini keltiradi TASS.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!