Toshkentda “Uzbekistan Global Tour 2023” musobaqasining oltinchi tur bellashuvlari o‘tkazildi

Toshkentda “Uzbekistan Global Tour 2023” musobaqasining oltinchi tur bellashuvlari o‘tkazildi

Toshkentdagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida konkur bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour 2023” musobaqasining oltinchi tur bellashuvlari o‘tkazildi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Bu galgi bahslarda Qozog‘iston va Belarus mamlakatlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar ham o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Bellashuvlar yakunida Ibrohim Yo‘ldoshev (“Elfakiya” laqabli otda) “F”, Firdavsbek Davronbekov (“Bakarbono Dji”) “C”, Alisher Erkinov (“Amri Maxaradj”) “E”, Oqil Sobirjonov (“Sidney Djekson”) “D”, Humoyun Abdullayev (“London Boy”) “V”, Sergey Antonovich (“Kuasar”) “A” toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Rossiyaning Moskva viloyatida o‘tgan konkur bo‘yicha “Maxima Masters Eurasia league” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, Slovakiyada o‘tayotgan konkur bo‘yicha "Šamorín - Danube Champions Tour IV 2023" turnirida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Bekzod Qurbonov ikkinchi oltin medalga sazovor bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!